TOShKENT, 11 dek – Sputnik. “O‘zbekfilm”ning birinchi to‘liq metrajli multfilmi 12-dekabrda ekranlarga chiqadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Quyosh yurtining pahlavoni” deb nomlangan kartina o‘zbek xalq ertaklari motivlari asosida suratga olingan. Filmda uch og‘ayni botirlar, go‘zal malika, ikki boshli ajdarho va yalmog‘iz kampir kabi personajlar bor.
Bu “O‘zbekfilm” tomonidan suratga olingan birinchi to‘liq metrajli multfilmb bo‘lib, unga 3-yil vaqt va 2 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan.