TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Shu kunlarda Moliya vazirligida "tozalash ishlari" bo‘yicha qator amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatdagi iqtisodiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasalari bilan birgalikda moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar va talabalardan nomzodlar zaxirasini yaratish borasida ishlarni boshlab yubordi, deb xabar qiladi nashr.
Ma’lum bo‘lshicha, Ittifoqning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan e’lonlar asosida moliya organlarida ishlash istagini bildirgan 3 ming 100 dan ziyod yigit-qiz orasidan 490 nafari saralanib, Moliya vazirligiga tavsiya etildi. Shuningdek, vazirlikning Yoshlar yetakchilari kengashiga ham sohada ishlashni maqsad qilgan 90 dan ortiq yoshning hujjatlari kelib tushgan.
Vazirlik mutasaddilari Mirziyoyevning Murojaatnomasida bildirilgan tanqidiy fikrlar asosida o‘z faoliyatlarini tahlil qilib, qaytadan ko‘rib chiqmoqda.