Bitiruvchi vrachlarning 4000 nafariga hududiy shifoxonalarga yo‘llanma beriladi

© MinzdravVipuskniki meditsinskix vuzov
Vipuskniki meditsinskix vuzov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, ushbu yilda bitiruvchi shifokorlarning 4000 nafariga hududiy tibbiyot muassasalariga ishlash uchun yo‘llanma beriladi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Prezident topshirig‘idan so‘ng, yil oxiriga qadar 4000 mingga yaqin tibbiyot muassasalari bitiruvchilari hududiy tibbiyot bo‘linmalariga yo‘naltiriladi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

"Yangi yilning yanvar oyining o‘zidayoq 1800 dan ortiq umumiy yo‘nalishdagi shifokorlar hamda 960 ixtisoslashgan sohalar klnik ordinatorlari hududiy shifoxonalarga yo‘llanma olishadi", — deyilgan muassasa xabarida.  

Yil oxiriga qadar Tibbiyot oliygohlarining bitiruvchilari bugungi kundan vakant bo‘lgan 2500 umumiy yo‘nalish shifokorlari hamda 1500 ixtisoslashgan sohalar vrachlari o‘rinlarini egallashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasini keskin tanqid qilgan hamda bitiruvchi kadrlarni hududiy shifoxonalarga yo‘naltirishni tavsiya qilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 6 oy ichida uchinchi marta tibbiyot sohasida videoselektor o‘tkazdi

O‘rganish natijasida bugungi kunda davolash-profilaktika muassasalari tizimida 11 mingdan ziyod vakant o‘rinlar mavjudligi, shundan 3462ta shtat umumiy amaliyot shifokorlari, 8217 ta tor mutaxassisliklarga tegishli ekani aniqlandi.

2018 yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligi davomida barcha ishga yo‘llanishi lozim bo‘lgan bitiruvchilar o‘rtasida yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkazildi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining VI kurs talabalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy tekshirish institutlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti II kurs klinik ordinatura bitiruvchilarini mutaxassisligiga mos ravishda ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Yosh mutaxassislar 2018-yilning 8-yanvaridan boshlab o‘z ish joylarida faoliyat boshlashi uchun ularni uy-joy bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha zaruriy ishlar amalga oshirildi.

O‘tkazilgan ushbu sa’y-harakatlar natijasida amaliyot shifokorligi bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar 88 %, tor mutaxassisliklar bo‘yicha esa 55 %ga to‘ldirilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0