Vladivostokda O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari topildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPrednovogodniy Vladivostok
Prednovogodniy Vladivostok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu vaqtga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki erkak kichik pechkadan chiqqan gaz hididan zaharlanib o‘lgan

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Vladivostokdagi Lazurnaya ko‘rfazida joylashgan kafelarning birida o‘zbekistonlik ikki nafar migrant jasadlari aniqlangan. Bu haqda Deita.ru portali xabar bermoqda.

Dokumenti v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Ishchi migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasi vakolatxonasi ochildi
Ma’lum bo‘lishicha, erkaklarning tanalari podsobkadan topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya ayni vaqtda halok bo‘lgan erkaklarning shaxsini aniqlagan. Ular 40 va 54 yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.

Shu vaqtga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki erkakning bevaqt o‘limiga kichik pechkadan chiqqan gaz hidi sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda fojia yuzasidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa qay holatda yuz bergani huquq-tartibot organlari xodimlari tomonian aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0