TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Ishchi migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasining (Rossiya) O‘zbekistondagi vakolatxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda bildirilishicha, vakolatxonaning asosiy maqsad va vazifalari Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro aloqa va hamkorlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining migratsiya muammolarini hal etishdagi tajribasini o‘rganish hisoblanadi.
Vakolatxona Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 50/59 "A"-uyda joylashgan.