TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti 4 oylik qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun tanlov e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Hujjatlar O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining hududiy kengashlarida 2018-yil 10-fevralga qadar qabul qilinadi.
Shuningdek, nomzodlar mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik, ishbilarmonlik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ikki bosqichli tanlovdan o‘tishlari xabar qilinmoqda.
Birinchi bosqich — yozma imtihon.
Ikkinchi bosqich — yetakchilik qobiliyati va dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan suhbat tarzida o‘tkaziladi.
Qaul to‘g‘risida batafsil ma’dumotni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hududiy kengashlaridan olish mumkin.