Moliya vazirligida bo‘shab qolgan ish o‘rinlariga Yoshlar ittifoqi nomzod qidirmoqda

© © Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Kreslo rukovoditelya
Kreslo rukovoditelya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida 562 nafar davlat idorasi nomiga dog‘ tushirgan xodimlar o‘z lavozimidan ozod etilgan edi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida vatanparvar, tashabbuskor, fidoyi va iqtidorli yoshlar ishga taklif etilib, ular haqidagi ma’lumotnomalar ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar qiladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ayovsiz "savalagan" Ostrogorskiy kim?
Moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoshlar o‘z rezumelarini Yoshlar ittifoqining info@yi.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin. Kelib tushgan hujjatlar o‘rganilib, tanlab olingan nomzodlar Yoshlar ittifoqiga suhbatga chaqiriladi.

Hujjatlar 30-dekabrgacha qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida 562 nafar davlat idorasi nomiga dog‘ tushirgan xodimlar o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0