O‘zbekistonda ajinlarga qarshi samarali vosita ishlab chiqariladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishDevushka smotritsya v zerkalo
Devushka smotritsya v zerkalo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijda lanolin ishlab-chiqish jarayonni yaqindan o‘rganib kelgan o‘zbek tadbirkorlari Boysun tumanida zamonaviy texnologiya o‘rnatish istagini bildirdilar. Yangi yilning dastlabki kunlaridan uning biznes-loyihasi tayyorlanmoqda

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. "Boysun-farm" erkin iqtisodiy zonasida qo‘y junidan farmatsevtika sanoati uchun noyob xomashyo — lanolin substansiyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Hukumat portali.

"Boysun-farm" erkin iqtisodiy zonasi rahbari M.Ochilov so‘zlariga ko‘ra, bu modda sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi.

Peres krasniy ostriy - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda paxta o‘rniga qizil qalampir ekiladi
"Boysun tumanida ham sifatli, arzon lanolin substansiyasini ishlab chiqarish uchun yetarli xomashyo mavjud. Ma’lumki, qo‘y terisi ostidagi bezlar nafaqat yog‘, balki yog‘simon modda — lanolin ham ishlab chiqaradi. Teri ustiga chiqqan yog‘ orqali ushbu modda qo‘y juniga yopishadi. Maxsus texnologiya yordamida yuvilgan jundan lanolin ajratib olinib, hidini ketkazish uchun qayta ishlov beriladi. Xorijda bu jarayonni yaqindan o‘rganib kelgan tadbirkorlarimiz Boysun tumanida zamonaviy texnologiya o‘rnatish istagini bildirdi. Yangi yilning dastlabki kunlaridan uning biznes-loyihasi tayyorlanmoqda. Bu chiqitsiz texnologiya bo‘lib, lanolini ajratib olingan jundan xalq xo‘jaligi uchun zarur kigiz to‘qiladi", — degan Ochilov.

Mutaxassislarning fikricha, lanolin inson terisiga tez shimilish xususiyati bilan farmatsevtika va parfumeriya sanoati uchun zarur xomashyo hisoblanadi. Shu bois undan farmatsevtikada shamcha va surtmalar tayyorlashda biriktiruvchi modda sifatida keng ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, lanolin — teri sathini yaxshilaydi, uni yumshatadi. Shuningdek, lanolin teridagi ajinlarga, qarilik alomatlariga qarshi kurashuvchi kremlar tarkibida ham bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0