O‘zbekistonda sayyohlar uchun zamonaviy avtobus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

© tashtrans.uzAvtobusi SAZ HD 50, proizvodimie Samarkandskim avtomobilnim zavodom
Avtobusi SAZ HD 50, proizvodimie Samarkandskim avtomobilnim zavodom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan SAZ HD 50 rusumli avtobuslar sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lib, xavfsizlik nuqtayi nazaridan mukammal ishlangan

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Samarqand avtomobil zavodida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun mo‘ljallangan shahar ichki sayyohlik yo‘nalishlariga mo‘ljallangan SAZ HD 50 rusumli avtobuslar 50 dona ishlab chiqarildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Perviy pilotniy avtobusniy reys mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom po mejdugorodnemu marshrutu Tashkent-Chimkent zapushen v patnitsu utrom s avtovokzala v stolitse Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent - Chimkent yo‘nalishida birinchi avtobus yo‘lga chiqdi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur transport sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lib, xavfsizlik nuqtayi nazaridan mukammal ishlangan. Avtobusda televizor, konditsioner, Wi-Fi, mikrofon, audiotizim va ovoz karnaylari mavjud. Har bir o‘rindiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. Bu avtobusda sayyohlar xordiq chiqarib, sayr qilishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Avtobusda kuzatuv videokamera ham o‘rnatilgan bo‘lib, u sayyohlar xavfsizligi uchun xizmat qiladi.

Avtobusning umumiy yo‘lovchi sig‘imdorligi 44 yo‘lovchini tashkil qiladi. O‘rindiqlar soni 29 ta. Avtobusning to‘liq massasi 9,5 tonnani, maksimal tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, 2018-yil birinchi choragida Germaniyaning MAN rusumli shaharlararo avtobuslarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0