Toshkent - Chimkent yo‘nalishida birinchi avtobus yo‘lga chiqdi

© SputnikPerviy pilotniy avtobusniy reys mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom po mejdugorodnemu marshrutu Tashkent-Chimkent zapushen v patnitsu utrom s avtovokzala v stolitse Uzbekistana
Perviy pilotniy avtobusniy reys mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom po mejdugorodnemu marshrutu Tashkent-Chimkent zapushen v patnitsu utrom s avtovokzala v stolitse Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun 5-yanvardan boshlab "Toshkent - Chimkent - Toshkent" - xalqaro avtobus qatnovlari boshlandi. Ushbu yo‘nalishda qatnayotgan avtobuslar chegara nazorat punktlaridan ustuvorlik huquqi bilan o‘tkaziladi.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi birinchi "Toshkent — Chimkent — Toshkent" yo‘nalishidagi xalqaro avtobus qatnovni rasman ochdi.

Bundan buyon Toshkent va Chimkent orasida qulay avtobuslarda yo‘lovchi va yuklarni tashish doimiy ravishda amalga oshiriladi. Bosh bekatlar "Toshkent" va "Shimkent" avtovokzallari etib belgilandi.

Ushbu avtobus yo‘nalishining umumiy uzunligi 145km bo‘lib  uni bosib o‘tish uchun — 3 soat sarflanadi. Qatnov davomida texni sabalarga ko‘ra to‘xtash nazarda tutilmagan. Chiptalar narxi ayni damda 80 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Avtobus va yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborish O‘zbekiston tomonidan "G‘isht ko‘prik" chegara-nazorat punkti va Qozog‘iston tomonidan «Jibek Joli» nazarat punkti orqali amalga oshiriladi. Mamlakatlar orasidagi kelishuvga binoan, xalqaro qatnov yo‘lovchilari bojxona va chegara nazoratidan alohida yo‘lakdan navbatsiz ravishda o‘tkaziladi.

Qatnovlar har kuni soat 06:00 dan 20:00 ga qadar doimiy ravishda amalga oshiriladi. Boshlang‘ich bosqichda kuniga 3ta qatnov amalga oshiriladi, keyinchalik aholi ehtiyojiga qarab, qatnovlar soni oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0