Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi qo‘mita tashkil etildi

Obuna bo‘lish
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiya a’zosi Inoyat Xajiyev Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi bo‘ldi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tashkil etildi, deb xabar qildi Xalq so‘zi nashri.

Kabinet ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: har bir tizimdagi o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak

Xabarda aytilishicha, parlament quyi palatasining 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan shu yildagi ilk majlisida deputatlar O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasini tuzish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Majlis yakunida siyosiy partiyalar fraksiyalarining va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining takliflariga muvofiq O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasini tuzish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi hamda yangi qo‘mitaning tarkibi saylandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida bugungi kunda bironta ham hududda sog‘liqni saqlash tizimi aholi uchun munosib xizmat qiladigan darajada tashkil etilmaganini tanqidiy tahlil qilib, Qonunchilik palatasi o‘z ish faoliyatida asosiy e’tiborni tizimdagi ana shu muhim muammolarni, ayniqsa, joylarda hal etishga qaratishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0