Ayrim toifadagi iste’molchilar uchun tabiiy gaz narxi deyarli 4 baravarga oshdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGazoviy schetchik
Gazoviy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 15-iyulidan iste’molchi tashkilotlar uchun 1 kub metr tabiiy gaz narxi 263,4 so‘m etib belgilangan edi

TOShKENT, 3 yanv – Sputnik. 2018-yil 1-yanvardan ayrim korxonalar foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni yangi tartibdagi tariflarda amalga oshirishadi. Bu haqda “O‘ztransgaz” AJ ma’lum qildi.

Kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda elektr va gaz uchun to‘lovlarning yangicha tariflari joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab pishirilgan g‘isht, asfalt, sement ishlab chiqaruvchi, ohaktosh va gips qazib oluvchi, qayta ishlovchi, beton va temir-beton ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun tabiiy gaz to‘lovi 1 kub metr uchun 1000 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, issiqxona va issiqxona-parnik xo‘jaliklari, chinni va fayansdan buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, gips-karton, yo‘lakbosh va keramika plitalari, bruschatkalar, keramik va sement-qum cherepitsalar, quruq qurilish aralashmalari, quvur buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, restoranlar, kafelar va boshqa umumiy ovqatlanish obyektlari (mehmonxonalar va ularga tegishli bo‘lgan obyektlar bundan mustasno) ham tabiiy gaz uchun yuqorida ko‘rsatilgan narxda to‘lovni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 15-iyulidan iste’molchi tashkilotlar uchun 1 kub metr tabiiy gaz narxi 263,4 so‘m etib belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0