O‘zbekistonda ilk bor Xitoyning Unionpay kartalari orqali to‘lov imkoniyati paydo bo‘ldi

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Mediabankka o‘tishKitayskaya platejnaya sistema UnionPay
Kitayskaya platejnaya sistema UnionPay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga o‘rnatilgan "Qishloq qurilish bank" terminallarida bir vaqtning o‘zida Uzcard va Unionpay International xalqaro to‘lov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor Uzcard tizimi orqali Unionpay International xalqaro to‘lov kartalarida tovar va xizmatlar uchun pul to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Milliy bank plastik kartalariga QIWI orqali Rossiyadan pul o‘tkazish joriy qilindi

Mazkur xizmat Yagona umumrespublika protsessing markazi va "Qishloq qurilish bank" hamkorligida yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga o‘rnatilgan "Qishloq qurilish bank" terminallarida bir vaqtning o‘zida Uzcard va Unionpay International xalqaro to‘lov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning uchun bank terminallariga maxsus dasturni yuklab olinsa kifoya.

Bugungi kunda sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan viloyatlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida joylashtirilgan terminallarni ushbu xizmatga ulash ishlari boshlab yuborildi.

Bu xizmatning joriy etilishi xorijlik mehmonlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Kelgusida "Qishloq qurilish bank" faqatgina Unionpay International tizimi bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqaro to‘lov tizimlarini ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, China UnionPay 2002-yilda Xitoy milliy to‘lov tizimi sifatida yaratilgan. Hozirda Unionpay kartalari dunyoning 156 mamlakatida qabul qilinadi.

MDH davlatlarida UnionPay kartalari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjonda to‘lov uchun qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0