Milliy bank plastik kartalariga QIWI orqali Rossiyadan pul o‘tkazish joriy qilindi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyNatsionalniy Bank Uzbekistana
Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jo‘natilgan mablag‘ to‘liq holda, bank komissiyasi olinmasdan, AQSh dollarida beriladi

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. O‘zmilliybank tomonidan elektron va tezkor pul o‘tkazmalarning yangi turi QIWI pul o‘tkazmalari tizimi joriy etildi. Bu haqda Milliy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya davlatining istalgan hududida yashayotgan va ishlayotgan o‘zbekistonliklar  uchun bankka bormasdan turib, O‘zbekistonga 24 soat davomida tezkor pul o‘tkazmalarni amalga oshirishning yangi imkoniyati yaratildi.

Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan UZCARD kartalariga pul o‘tkazmalarini jo‘natish xizmati joriy qilindi

Bunda Rossiyaning QIWI Banki tomonidan barcha joylarga o‘rnatilgan to‘lov terminallari va infokioskalariga so‘m plastik kartasi ustida yozilgan 16 xonali raqam kiritilib, Rossiya rubli qo‘yilgan holda uni avtomat ravishda shu kunning kursi bo‘yicha AQSh dollariga konvertatsiya orqali O‘zmilliybank so‘m plastik kartasiga kelib tushadi.

O‘z navbatida, ushbu kelib tushgan mablag‘ni O‘zmilliybankning istalgan bo‘lim va filiallaridan naqd ko‘rinishda AQSh dollarida olish mumkin.

Plastik kartaga kelib tushgan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumot onlayn tarzda sms-xabarnomasi ko‘rinishida mobil telefonga jo‘natiladi hamda jo‘natilgan mablag‘ to‘liq holda, bank komissiyasi olinmasdan, AQSh dollarida beriladi.

QIWI tezkor pul o‘tkazmalari tizimi dam olish kunlarisiz 24 soat faoliyat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0