TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 28-dekabrdagi farmoyishi bilan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» yilida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasini tayyorlash bo‘yicha Yig‘ma ishchi guruh tashkil etildi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri e’lon qilingan yil nomiga binoan har yili alohida Davlat dasturi tasdiqlanishini ko‘zda tutadi.
Prezidentning Davlat maslahatchisi rahbarligida tashkil etilgan guruh tarkibiga vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Oliy Majlis, Prezident devoni vakillari va boshqalar kiradi.
Yig‘ma ishchi guruhga kelgusi yil uchun davlat dasturi loyihasini 2018-yil 5-yanvargacha tayyorlash topshirildi.
15 yanvargacha bo‘lgan davrda loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun, shu jumladan Internetda joylashtiriladi.