Shavkat Mirziyoyev yangi - 2018-yil nomini e’lon qildi

© Pres-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika tarixida ilk bor Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma taqdim etmoqda

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etish jarayonida 2018-yil nomini e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: 2018-yil nomi barchaga yoqadigan bo‘ladi

Ayni paytda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika tarixida ilk bor Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etmoqda.

Bu nufuzli tadbirda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan birga, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq deputatlari hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar vakillari keng tarkibda ishtirok etmoqda.

Murojaatnoma 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. 

"Yangi yilga qanday nom berish borasida ko‘p o‘yladik, ko‘p maslahatlashdik. Yil davomida kelgan ko‘plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e’tiborga olindi. O‘zbekistonda ishchi joy — eng katta dard. Ish o‘rinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi, ko‘p muammolar bor. O‘zbekistonda qanchadan-qancha nogironlar bor ekan. Buni hammamiz ko‘rdik. Balandparvoz gaplarga hali erta, kelgusi yilda juda ko‘p ish qilishimiz kerak. Yangi yilga nom berilishida, eng avvalo, natija qanday bo‘ladi — degan savolga javob berish kerak. Men yangi — 2018-yilga yurtimizda "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilishni taklif qilaman", — deb taklif qildi prezident Shavkat Mirziyoyev. 

Prezidentning ushbu taklifi yig‘ilish qatnashchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish qatnashchilariga "Bu qarsaklar yurakdan bo‘lsa, menga juda yoqadi", — deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0