TOShKENT, 10-may — Sputnik. Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Mun Chje In mamlakat parlamentida chiqishida xalqqa qilgan murojaatida kelajakda Shimoliy Koreyaga tashrif uyushtirishi ehtimolini inkor etmadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Yangi saylangan prezidentning chiqishi jonli efirda namoyish etilmoqda.
"Men Koreya yarimorolida tinchlik saqlanishi uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman", — deb ta’kidlab o‘tgan Mun Chje In.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning yangi prezidenti ilgariroq o‘tkazilgan muddatdan oldingi saylovlarda 41,08% ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. Va rasman prezidentlik lavozimini bajarishga kirishdi.
Janubiy Koreyaning sobiq prezident Pak Kin Xe yirik korrupsion mojaroga aralashib qolib, hukumatdan chetlatilgach mamlakatda muddatdan oldingi prezident saylovlari o‘tkazilgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.