TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. AQSh Pokistonga moliyaviy yordam yuborib turgan, ammo u terrorizmga qarshi kurashda yordam bermagan, balki Afg‘onistondan bo‘lgan jangarilarga panoh bergan, "boshqa bu qaytarilmaydi", deya bayonot qildi AQSh prezidenti Donald Tramp.
"AQSh ahmoqona tarzda so‘nggi 15-yil davomida Pokistonga 33 milliard dollardan ziyod mablag‘ni o‘tkazib berdi, ular esa bizga yolg‘on va firib bilan javob qaytardilar, ular bizning rahbarlar ahmoq degan xayolga bordilar. Ular biz Afg‘onistonda ovlab yurgan terrorchilarga boshpana bermoqda, va deyarli yordam ko‘rsatmayapti. Yetar!", — deb yozgan Tramp o‘zining Twitterida.
AQSh prezidenti ilgariroq ham, agar Pokiston uning hududida boshpana topgan terrorchilarga qarshi kurashmasa "ko‘p narsa yo‘qotishi" haqida aytib o‘tgan edi.