TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiyaning Janubiy okrug harbiylari “Do‘stlik-2017” o‘quv-mashg‘ulotlari davomida Pokistonlik askarlar bilan tog‘li hududda jang qilishni mashq qilishdi va Pokiston harbiylariga Rossiya qurol-yaroqlarini namoyish qilishdi.
“Karachayevo-Cherkessk Respublikasida “Do‘stlik-2017” Rossiya-Pokiston harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari davomida Janubiy okrug harbiylari Pokistonlik hamkasabalariga o‘z qurol yarog‘larini, harbiy kiyim-anjomni, tog‘ va alpinistik uskunalarni namoyish qilishdi”, — dedi Janubiy harbiy okrug matbuot xizmati rahbari polkovnik Pavel Astafyev.
Astafyev aytishiga qaraganda, mehmonlarlga 100ga yaqin qurol-yarog‘ namunalari namoyish qilingan. Yog‘och qinli Stechkin avtomatik pistoleti, “Dublon” saperlar himoya kiyimi, yuz metrdan snayper vintovkasidan himoya qluvchi 6-himoya darajali bronejilet Pokiston harbiylarida eng katta qiziqish uyg‘otdi.
“Do‘stli-2017” harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari dengiz sathidan 2,3 ming metr balandlikda o‘tkazilmoqda. Ikki mamlakat harbiylari tog‘li sharoitlarda shartli jangovar vazifalari bajarish, shartli terrorchilarni yo‘q qilish kabi mashg‘ulotlarni birgalikda o‘tkazishmoqda. “Do‘stlik-2017” o‘quv-mashg‘ulotlari ushbu yilning 4-oktabriga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtlarda AQSh va Pokiston orasida munosabatlar yomonlashib bormoqda. Bunga bir necha sabablar bor. Birinchidan AQSh yangi prezidenti Donald Tram Pokistonni o‘z hududida terrorchilarni yashirishda ayblagan bo‘lsa, ikkinchidan Xitoyning Pokistondagi ta’siri juda kuchliligidir. Bunday vaziyatda Pokistonga yangi harbiy hamkorlar kerak, albatta. Bundan buyon Pokiston o‘z qurolli kuchlarini jihozlashda Rossiya harbiy mahsulotlariga nazar solsa ajab emas.