Qozog‘iston Rossiyaga 140 tonna bug‘doyni qaytarib yubordi

© Sputnik / Taras Litvinenko / Mediabankka o‘tishUborka zernovix
Uborka zernovix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonga Rossiyadan bug‘doyni tegishli hujjatlarsiz olib kirishga urinishgan

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tegishli hujjatlar bo‘lmaganligi tufayli 140 tonna bug‘doy Rossiya Federatsiyasiga qaytarib yuborildi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

Kabul - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘onistonga tonnalab mineral o‘g‘itlar, texnika va bug‘doy yetkazib beradi

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan bug‘doyni "Prodkorporatsiya" kompaniyasi orqali belgilangan tartibda xarid qilinishini ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasi chegara oldi viloyatlarda tezkor shtablar va bo‘g‘doy olib o‘tilishini nazorat qiluvchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2017 yil 28-29 dekabr kunlari mobaynida Kostanay va Shimoliy-Qozog‘iston viloyatlarda Rossiya Federatsiyasidan 28 ta yuk mashinalarda umumiy miqdori 560 tonna bug‘doy olib kirilganligi aniqlangan. Shulardan tegishli hujjatlar bo‘lmaganligi sababli 8 ta yuk mashinadagi 140 tonna bug‘doy Rossiya Federatsiyasiga qaytarib yuborildi.

Ushbu holatlar yuzasidan jami 205 ming tengedan ortiq mablag‘ni tashkil etgan ma’muriy jarimalar belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0