TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 1-yanvar sanasidan vino va spirtli ichimliklarning minimal ulgurji-sotuv va chakana narxi oshadi. Tegishli qaror Respublika Moliya va Soliq qo‘mitalari tomonidan qabul qilingan.
2018 yilning 1-yanvaridan 1 litr vinoning minimal ulgurji-sotuv narxi 6 500 so‘mni(20,3%ga oshgan), chakana narxi esa — 7800 so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda.
Konyak narxi 28%ga oshib: ulgurji savdo uchun — 22 000 so‘m, chakana narxi esa 26 400 so‘m etib belgilangan.
Pivo narxi o‘zgarishsiz qoladi.
Alkogolli ichimliklar(aroq va boshqa alkogol mahsulotlari)ning 1 litri uchun minimal chakana narx: 16 000 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilangan. Chakana savdo do‘konlarida bir shisha aroq narxi 19 200 so‘m deb belgilangan. Bu esa, oldingi narxdan 24% qimmat deganidir.