O‘zbekistonda aroq narxi 7-yilda uch baravarga qimmatlashdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSpirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konyak narxi esa bundan-da ko‘proqqa qimmatlashdi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda keyingi yetti yil davomida aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining chakana narxi uch baravardan ortiqroqqa qimmatlashdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Masalan, 2010-yil boshida 1 litr aroq 5 ming so‘mga sotib olingan bo‘lsa, 2017-yil 1-yanvardan 15,5 ming so‘m to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Alkogol mahsulotlari. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda spirtli ichimliklar narxi oshadi

Konyak narxi yanada oshgan. 2010-yilda bu spirtli ichimlikning 1 litri 5 ming so‘m turgan, hozirda esa 20,6 ming so‘m turadi. Vinoning narxi esa 2010-yildagi 2,4 ming so‘mdan 6,5 ming so‘mga oshdi.

O‘tgan yilning to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra, mamlakatda 14,4 million litr uzum vinosi, 44,4 million litr aroq va aroq-likor mahsulotlari, 488,1 ming litr konyak, 581,2 ming litr shampan va 50,3 million litrdan ortiq iste’mol spirti tayyorlangan.

Yangiliklar lentasi
0