TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Yangi — 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti — Vladimir Putin; Xitoy Xalq Respublikasi Raisi — Si Szinpin; Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti — Nursulton Nazarboyev; Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti — Sooronbay Jeenbekov; Tojikiston Respublikasi Prezidenti — Imomali Rahmon; Turkmaniston Prezidenti — Gurbanguli Berdimuhamedov; Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti — Ilhom Aliyev; Belarus Respublikasi Prezidenti — Aleksandr Lukashenko; Koreya Respublikasi Prezidenti — Mun Chje In.
Shuningdek, tabriknomalar:
Yaponiya Bosh vaziri — Sindzo Abe; Buyuk Britaniya Bosh vaziri — Tereza Mey; Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti — Frank-Valter Shtaynmayer; Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri — Angela Merkel; Ispaniya Bosh vaziri — Mariano Raxoy; Italiya Respublikasi Prezidenti — Serjio Mattarella; Slovakiya Respublikasi Prezidenti — Andrey Kiska; Sloveniya Respublikasi Prezidenti — Borut Paxor; Polsha Respublikasi Prezidenti — Andjey Duda; Norvegiya Qiroli — Xarald V; Yevropa Kengashi Raisi — Donald Tusk; Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti — Muhammad Ashraf G‘anidan kelgan va boshqa davlat rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan kelishda davom etmoqda.