TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentiga yo‘llangan qutlov maktubida Rossiya prezidenti o‘zaro sa’y-harakatlar natijasida yakunlanib borayotgan yil Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda haqiqiy olg‘a siljish yili bo‘lganini ta’kidladi: barcha sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik sifatini yuqori darajaga olib chiqadigan qator muhim bitimlar imzolandi.
Rossiya prezidenti erishilgan natijalardan kelib chiqib, Rossiya-O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligi kelgusida ham rivojlanishiga hamda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yanada faol hamkorlikka erishilishiga ishonch bildirdi.