OAV: Berlinda Yangi yil kechasida ayollarga "xavfsizlik zona"lari xizmat ko‘rsatadi

Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, ikki yil muqaddam Yangi yil oqshomi arafasida Shimoliy afrika va arab davlatlari fuqarolari Germaniyaning Keln shahrida va boshqa shaharlarda ayollarga tajovuz uyushtirgan edilar

TOShKENT, 31 dek- Sputnik. Yangi yil bayrami tantanalari munosabati bilan Berlin maydonidagi Brandenburg darvozalari yoni ilk marotaba ayollar uchun "xavfsiz zona"lar bilan jihozlanadi, deb xabar qildi Der Tagesspiegel.

Ushbu zonalar muvofiqlashtiruvchi markazlar bo‘lib, ularda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar shahvoniy zo‘ravonlik yoxd shilqimliklardan jabr ko‘rgan ayollarga yordam berishlari mumkin bo‘ladi.

Germaniya kansleri Angela Merkel. - Sputnik O‘zbekiston
FT: Germaniya “Koln voqealari” uchun Angela Merkelni kechirmaydi
Eslatib o‘tamiz, ikki yil muqaddam Yangi yil oqshomi arafasida Shimoliy afrika va arab davlatlari fuqarolari Germaniyaning Keln shahrida va boshqa shaharlarda ayollarga tajovuz uyushtirgan edilar.

"Xavfsiz zonalar" aynan mana shunday hodisalarning oldini olish uchun tashkil qilinmoqda.

Tashkilotchilar mehmonlarga mabodo "jahldor chet elliklar" shilqimlik qiladigan bo‘lsa, ularning harakatlari yoqmayotganiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishora qilish va atrofdagilarga yordam so‘rab murojaat qilishni maslahat berishmoqda.

Germaniya politsiyachilar kasaba uyushmasi ushbu yangilikni keskin tanqid qilmoqda. "Ushbu choralar bilan biz xavfsiz zonalar bilan birga xavfli zonalar ham borligini aytmoqchi bo‘lyapmiz", — deb bayonot qilgan uyushma yetakchisi Rayner Vendt. U shuningdek, ushbu chorani o‘ylab topganlar mamlakatdagi siyosiy vaziyatni yaxshi tushunmasligini qo‘shimcha qilgan.

Ayollarning har qanday joyda xavfsizlikda bo‘lish huquqi bor, deb qayd etgan u.

Yangiliklar lentasi
0