TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkelning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan kelgan milliondan ziyod qochqinlarga boshpana berish qarori nemis jamiyatida chuqur parchalanishni yuzaga keltirdi, deb yozadi Financial Times nashri.
““Koln voqealari” uchun aybning bir qismi shahar politsiyasi boshlig‘iga qo‘yilib, u allaqachon iste’foga chiqarildi. Ammo bu yerda muammoning Merkel hukumati aylanib o‘tmoqchi bo‘layotgan boshqa qirralari ham talaygina”, — deb ta’kidlaydi nashr.
Hujum uyushtirganlarning aksariyati Afrika va Yaqin sharq mamlakatlari fuqarolari bo‘lganligi bois, migrantlarning nemis jamiyatiga integratsiya qilinishi to‘g‘ri amalga oshirilgani shubha ostiga olinmoqda. Muammo esa kundan-kun jiddiy tus olmoqda, chunki Germaniyadan boshpana izlayotganlar soni kamaygani yo‘q, aksincha, kundan-kun ortib bormoqda.
Ammo nemis hukumati irqi, millati va diniy kelib chiqishidin qat’iy nazar, migrantlar bilan o‘rtada mojaro kelib chiqmasligi uchun sodir etilayotgan jinoyatlar haqida og‘iz ochmasligi mumkin emas. Bu kabi holat Buyuk Britaniyada ham kuzatilgan edi. O‘shanda Britaniya hukumati ikki o‘rtada millatchilik muammolarini keltirib chiqarmaslik uchun pokistonlik jinoiy uyushmalar tomonidan bolalar ustidan amalga oshirilgan zo‘ravonliklar to‘g‘risida og‘iz ochmaslikni afzal ko‘rgan edi.
Kelndagi voqealarda ham xuddi shunday ahvol kuzatilmoqda: nemis politsiyasi va mamlakat OAVlari migrantlarga nisbatan salbiy fikr uyg‘otmaslik uchun bo‘lib o‘tgan voqealar haqida ma’lumotlarni oz-oz miqdorda berib bordilar.
Toki qochoqlarni nemis jamiyatiga integratsiya qilish choralari kuchaytirilmas ekan, migrantlar orasida jinoyatlar sodir etilishi miqdori kamaymas ekan, Merkel qo‘llayotgan "ochiq eshiklar" siyosatining kelajagi bo‘lmaydi, Germaniya, xuddi mamlakat kansleri aytmoqchi “yana bitta Koln voqeasini ko‘tara olmaydi", — deb yozadi nashr.