"Bolshoy chemodan" O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qildi

© uznews.uzTurist iz Uzbekistana na gore Elbrus
Turist iz Uzbekistana na gore Elbrus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston haqidagi 40 daqiqalik dastur "BST" kanalida 2018-yilgi yangi mavsumda efirga uzatiladi. Takroriy namoyish mavsum davomida rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu dastur "Youtube" kanali orqali yuz minglab abonentlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. 2017-yil 16-20 dekabr kunlari yoshlar orasida ommalashgan "BST" telekanalining "Bolshoy chemodan" televizon dasturi ijodkorlari O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi taklifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi, deb xabar qildi qo‘mita matbuot-xizmati.

Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent - rossiyalik sayohatchilar orasida eng mashhur shahar deb topildi
Xabarga ko‘ra, 4 kun davomida musiqiy dastur ijodiy guruhi Toshkent va Xiva shahardagi ko‘plab musiqachilar, folklor guruhlari va Xorazm shahrining aholilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston haqidagi 40 daqiqalik dastur "BST" kanalida 2018-yilgi yangi mavsumda efirga uzatiladi. Takroriy namoyish mavsum davomida rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu dastur "Youtube" kanali orqali yuz minglab abonentlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Bashkir sun’iy yo‘ldosh" telekanalida namoyish etiladigan "Bolshoy chemodan" teleko‘rsatuvi vazifasi mamlakatlar va xalqlar madaniyati, xalq qo‘shiqlar, musiqiy asboblar, folklor, an’analar, shuningdek, asosiy diqqatga sazovor joylarlar haqida aytib o‘tishdir.

2013 yilda loyiha Rossiya Teleradiokompaniyasi "TEFI-REGION" mukofash marosimida "Eng yaxshi ko‘ngilochar dastur" nominatsiyatsiga ega bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0