Toshkent - rossiyalik sayohatchilar orasida eng mashhur shahar deb topildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning birinchi choragi davomida rossiyalik sayyohlar orasida talab katta bo‘lgan shaharlar aniqlandi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng mashhur 10 ta shahar orasida Toshkent ham bor

TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti rossiyalik sayohatchilar orasida Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi shaharlari ichidagi eng mashhur maskan deb topildi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

Aleksandr Vasilyev - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik mashhur boshlovchi O‘zbekistonni hech qaysi davlatga alishmasligini aytdi
Xabarda ta’kidlanishicha, tadqiqot Rossiyaning "TurStat" tahlil agentligi tomonidan olib borilgan. Mehmonxonalarning onlayn bron qilinishini o‘rganishi asosida Rossiya sayyohlari orasida Hamdo‘stlik va Yaqin Sharq davlatlarining 2017-yilning birinchi choragi davomida talab katta bo‘lgan shaharlari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng mashhur 10 ta shahar orasida Toshkent ham bor.

Agentlik ekspertlari e’tiboridan mamlakat bilan uning milliy oshxonasini o‘rganish hamda gastronomiya turizmi ham chetda qolmadi. "TurStat" tahlillar asosida 2017-yilda sayyohlikning ushbu turi bo‘yicha rossiyalik sayyohlar o‘rtasida eng ommalashgan yo‘nalishlar reytingini tuzdi.

Shunday qilib, o‘zining betakror, xilma-xil va mazali milliy taomlari bilan shuhrat qozongan O‘zbekiston Rossiyada talab eng katta bo‘lgan yo‘nalishlar beshtaligidan joy oldi. Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklarning O‘zbekistonga gastronomiya turizmi yo‘nalishidagi safari o‘rtacha bir haftani tashkil etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0