Samarqand medinstitut bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari imzolandi

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniyaVrachi
Vrachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
210 nafar 7-kurs bitiruvchi talabalari hamda 98 nafar 2-kurs klinik ordinatorlari tuman tibbiyot muassasalariga mutaxassisligiga mos ravishda ishlash uchun barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari ishtirokida mehnat shartnomalari imzolandi

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Samarqand meditsina institutining 2017-2018 o‘quv yili bitiruvchilarining ishga taqsimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot-xizmati.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Samarqand meditsina instituti hamkorligida tashkillashtirilgan mazkur tadbirda viloyat davolash profilaktika muassalari rahbarlari va 300 nafardan ziyod bitiruvchilar ishtirok etdi.

fonendoskop - Sputnik O‘zbekiston
Ishlayotgan shifokor-pensionerlar pensiyani to‘liq miqdorda oladi
Tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aziz Jo‘rayev so‘zga chiqib, bugungi kunda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari va tuman markaziy shifoxonalarda yaratilgan qulayliklar xususida bitiruvchi yoshlarga batafsil ma’lumot berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyovning mamalakat tibbiyot soxasidagi dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda joylardagi kadrlar yetishmovchiligi muammosining yechimi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lajak shifokorlarni doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hududiga qat’iy rioya qilgan holda bakalavriatning 210 nafar 7-kurs bitiruvchi talabalari hamda 98 nafar 2-kurs klinik ordinatorlari tuman tibbiyot muassasalariga mutaxassisligiga mos ravishda ishlash uchun barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari ishtirokida mehnat shartnomalari imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0