TOShKENT, 31 dek — Sputnik. 2018-yilda Ikkinchi jahon urushi davridan buyon eng yomon insonparvarlik inqirozlaridan biri ro‘y berishi mumkin, deb xabar qilmoqda The Telegraph Buyuk Britaniyaning xalqaro taraqqiyot bo‘yicha Davlat kotibi Penni Mordaunt.
Ilgariroq BMT Ikkinchi jahon urushi tugaganidan buyon eng yirik insonparvarlik inqirozi yuz bergani haqida bayonot qilgan edi. Tashkilot xabariga ko‘ra, bir necha davlatlarda 20 milliondan ziyod kishi och va insonparvarlik yordamiga muhtoj.
"2017 yil eng dahshatli insonparvarlik inqirozlari yili bo‘lgan bo‘lsada, 2018-yil yanada yomon kelishi mumkin", — deb ta’kidlagan Mordaunt xonim.
"2017 yil eng dahshatli insonparvarlik inqirozlari yili bo‘lgan bo‘lsada, 2018-yil yanada yomon kelishi mumkin", — deb ta’kidlagan Mordaunt xonim.
Nashr, shuningdek, Buyuk Britaniya xalqaro taraqqiyot Vazirligi insonparvarlik inqirozi oqibatlarini bartaraf etish uchun BMT jamg‘armasiga qo‘shimcha 21 million dollar ajratishini aytib o‘tgan.
Kutilishicha, bu mablag‘lar, 13 million kishining sanitar ahvolini yaxshilash va ularni suv bilan ta’minlashga sarflanadi, yana to‘qqiz million kishi Britaniya vazirligining qo‘shimcha yordami tufayli oziq-ovqatlar bilan ta’minlanadi.