Rossiyada haydovchilar “professional” va “havaskor"larga bo‘linadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRabota taksi v Moskve
Rabota taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Professional haydovchilar yuk mashinalari, avtobus va taksilarni boshqarishi, havaskorlar esa – avtoulovdan faqat shaxsiy maqsadda foydalanishi mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Rossiya transport vazirligi haydovchilarni tayyorlash borasida ulkan islohotlarni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Kommersant nashri.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishYangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasining orqa tomoni
V Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston
Yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasining orqa tomoni
Xususan, Transport vazirligi tomonidan tayyorlangan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiyada yaqin ikki yil ichida haydovchilik guvohnomalarida alohida “professional haydovchi” belgisi paydo bo‘ladi. Bunday belgini olish har har bir tijorat transport turida alohida tayyorlov kurslaridan o‘tish kerak bo‘ladi.
Reyd GIBDD protiv nelegalnix taksistov - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchi-migrantlarga yana bir yil muhlat berildi

Masalan, kelajakda havaskor “V” kategoriyaga ega bo‘lgan haydovchi taksichi yoki kichik yuk avtomobili haydovchisi bo‘lib ishlay olmaydi. Buning uchun u “V1” professional kategoriyasini olishi kerak bo‘ladi.

Ushbu o‘zgarishlar Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Igor Shuvalov tashabbusi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin nazorati ostida amalag oshirilmoqda. Islohotlarning asosiy maqsadi – professional haydovchilar tayyorlov darajasini oshirish va yo‘llarda xavfsizlik darajasini sezilarli oshirish.

Ushbu qonun qabul qilinganidan keyin ayrim MDH mamlakatlari fuqarolarini haydovchilikka qabul qilish borasida qabul qilingan cheklovlar ham olib tashlanadi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 2016-yilda  YTHlarda 20 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘lgan edi. Ushbu ko‘rsatgich yil sayin kamayib borayotgan bo‘lsada, Yevropa mamlakatlari bilan solishtirganda haligacha ancha yuqori darajada.

Yangiliklar lentasi
0