Samarqandda to‘rtta post olib tashlandi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishAvtomobil GIBDD
Avtomobil GIBDD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga Murojaatnomasida viloyatlardagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish lozimligini aytgan edi

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Samarqand viloyatida to‘rtta yo‘l-patrul xizmati maskani olib tashlandi Sputnik muxbiri.

Post - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga Murojaatnomasida viloyatlardagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish lozimligini aytgan edi.

Prezidentning mazkur topshirig‘idan kelib chiqib, Samarqand viloyatidagi to‘rtta yo‘l-patrul xizmati maskani olib tashlandi.

Bular — Samarqand shahriga kirishdagi "Shtab" maskani, Oqdaryo va Ishtixon tumanlari chegarasidagi "Loyish" maskani, Pastdarg‘om tumaniga kirishdagi "Charxin" maskani va Narpay tumanidagi "Mirbozor" yo‘l-patrul maskanidir.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatidagi bir necha postlar tugatilgani hamda Farg‘ona viloyatida 8 ta yo‘l-patrul xizmati maskanini olib tashlash tadbirlari ko‘rilayotgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, O‘zbekiston IIV rahbari Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekiston hududidagi 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlangani haqida ta’kidlab o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0