TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish lozimligini aytib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
"O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi", — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.
Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligi ta’kidlandi.