Islom Karimov oilasi haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Islam Karimov
Prezident Respubliki Uzbekistan Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karimovlar oilasida barcha o‘g‘il farzandlar oliy ma’lumot olgan, ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi bo‘lgan

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Islom Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston Birinchi Prezidentining oilasiga daxldor yangi fotosuratni e’lon qilindi. Shuningdek, Karimovlar oilasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Karimovlarning ushbu oilaviy fotosurati 1928-yilda, ya’ni Islom Karimov tavalludidan 10-yil avval olingan. Suratda u kishining ota-onalari Abdug‘ani ota (1894 yilda tug‘ilgan) va Sanobar aya (1902 yilda tug‘ilgan) hamda opa-akalari Mehriniso (1920 yilda tug‘ilgan), Amonullo (1922 yilda tug‘ilgan), Ibodullo (1926 yilda tug‘ilgan) aks etgan”, deyiladi suratga izohda.

Ma’lumot berilishicha, oilada sakkiz farzand o‘sib ulg‘ayadi: bir qiz – Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid.

“Xizmatchi bo‘lib ishlagan Abdug‘ani bobo vazminfe’l, o‘ziga ham, boshqalarga ham qattiqqo‘l, talabchan edilar. Avvalo o‘zi qat’iy intizom va tartib-qoidaga rioya etgan ota farzandlaridan ham shuni talab qilar edi. Mahalla-ko‘yning ehtiromini qozongan edilar.

Sanobar aya esa uy bekasi edilar. U kishi nasl-nasabli oilada tavallud topgan bo‘lib, padari buzrukvorlari mulla-sharif, ya’ni o‘z davrining mo‘’tabar ulamolaridan edi. Bilimga chanqoqlik, kuchli xotira, zukkolik va sabr-toqat kabi fazilatlar butun umr Sanobar ayaga yo‘ldosh bo‘ldi. Munis onaizor o‘z hayotini oila va xonadon saodatiga bag‘ishladi”, deyiladi berilgan ma’lumotda.

Qayd etilishicha, Karimovlar oilasida barcha o‘g‘il farzandlar oliy ma’lumot olgan, ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi bo‘lgan – Ibod G‘aniyevich, Quddus G‘aniyevich va Islom Abdug‘aniyevich.

Bu o‘sha davr uchun ham, bugungi kun uchun ham kamob hodisadir. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasini oldi.

Prezident Uzbekistana Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Sobanin Moskvada Islom Karimovga yodgorlik o‘rnatish haqidagi hujjatga imzo chekdi

Yozilishicha, barcha aka-ukalar juda kuchli xotiraga ega bo‘lishgan. Aka-ukalar o‘zaro musobaqalar o‘tkazishar edi, masalan, biror matn o‘qilib, uni yoddan aytib berish borasida bellashilar edi. Keyinroq aka-ukalardan biri oliy o‘quv yurti o‘qituvchisi, biri sudya, boshqalari xizmatchi, olim va… Prezident bo‘ldi.

Ziyoli bu oilada o‘g‘illarning munosib ta’lim olishiga birlamchi vazifa sifatida e’tibor qaratilgan edi. Vaqtning o‘zi bu hayotiy tutum qanchalar to‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatdi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida 79 yoshida insult oqibatida vafot etdi. Islom Karimovga atab Toshkent va Samarqand shaharlarida yodgorliklar o‘rnatilgan, O‘zbekistondagi qator obyektlar va ko‘chalar uning nomi bilan ataladi. Moskvada xiyobonlardan biri Islom Karimov nomi bilan ataladi hamda shu yilning oktabrida Moskva shahri meri Sergey Sobanin Moskvada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab yodgorlik o‘rnatish haqidagi hujjatga imzo chekdi.

Islom Karimovning hayot yo‘li
Islom Karimovning hayot yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning hayot yo‘li
Yangiliklar lentasi
0