Sobanin Moskvada Islom Karimovga yodgorlik o‘rnatish haqidagi hujjatga imzo chekdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Islam Karimov
Prezident Uzbekistana Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yodgorlik O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi yaqinida joylashgan xiyobonga o‘rnatiladi

TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Moskva shahri meri Sergey Sobanin Moskvada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab yodgorlik o‘rnatish haqidagi hujjatga imzo chekdi. Bu haqda Moskva shahar yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

Karimov nomidagi xiyobon - Sputnik O‘zbekiston
Karimov nomli xiyobon: siyosiy ishora va hurmat belgisi

Hujjatga ko‘ra, yodgorlik 2019-yil 31-dekabriga qadar o‘rnatiladi.

Ilgariroq Moskva yodgorlik san’ati bo‘yicha komissiyasi poytaxtda Islom Karimovga atab yodgorlik o‘rnatish haqidagi taklifni ma’qullagandi. Yodgorlik O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi yaqinida joylashgan xiyobonga o‘rnatiladi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida 79 yoshida insult oqibatida vafot etdi. Islom Karimovga atab Toshkent va Samarqand shaharlarida yodgorliklar o‘rnatilgan, O‘zbekistondagi qator obyektlar va ko‘chalar uning nomi bilan ataladi.

Yangiliklar lentasi
0