TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Toshkentda yangi barpo etiladigan metro bekatlardan biriga Tojikiston shoiri va respublika Qahramoni Mirzo Tursunzoda nomi berildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Yangi bekat Toshkentdagi Sergeli tumani yo‘nalishida joylashgan.
Ushbu metro yo‘li tarmog‘ini qurilish ishlari olib borilmoqda. 2019-yilda foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Toshkent metropoliteni" UK boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, Yunusobod metro yo‘lining 2 ta bekati "Yunusobod" va "Turkiston" qurilishning ikkinchi bosqichi yakunlanish darajasida, yangi yo‘lning estakasi uslubida qurilish ishlari boshlandi.
Sergeli aholi turar joyidan 6 ta bekatdan iborat bo‘lgan uzunligi 7,1 km metro yo‘lining birinchi bosqichini topshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yangi metro aylanma yo‘lini loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish 5 bosqichda bajariladi. Tarmoq yo‘lning umumiy uzunligi 52,1 kmni tashkil qiladi.