Toshkent metropolitening birinchi chizig‘i — Chilonzor yo‘li 1977-yil 6-noyabrda ishga tushirilgan. Uning uzunligi 12,2 kmdan iborat bo‘lgan.
Bugungi kunda 3 ta metro chizig‘i 29 ta bekatdan iborat bo‘lib, umumiy uzunligi 36,2 kmni tashkil qiladi.
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi. Yunusobod tumanida ikki bekat qurilishi jadal suratlarda olib borilmoqda.
Shuningdek, Sergeli tumanida yangi "yengil" metro yo‘li barpo etilmoqda. Ushbu yo‘l 6 ta bekatdan iborat bo‘ladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida yer usti xalqa metro liniyasini barpo etish bo‘yicha ishlari izchil davom ettirilmoqda. Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro yo‘nalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi, 1,6 kilometri esa yer ustida quriladi.
Toshkent metrosining eng yorqin arxiv suratlari bilan foto jamlanmamizda tanishing.