Lukashenko: O‘zbekiston terrorchilar nishoni ostida qolishi mumkin

© KARAM AL-MASRI / AFPBoyeviki terroristicheskoy gruppirovki "Islamskoe gosudarstvo" (Zapreshena v RF)
Boyeviki terroristicheskoy gruppirovki Islamskoe gosudarstvo (Zapreshena v RF) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
26 dekabr, seshanba kuni MDH ga a’zo davlatlar raharlari Moskva shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda mintaqaga bo‘layotgan xavf-xatarlar, tahdidlar va xavfsizlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston terrorchilik uyushmalari nishoni ostida qolishi mumkin, deb bayonot qildi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko MDH davlatlari yetakchilarining norasmiy uchrashuvida.

Direktor FSB Rossii Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston
Jangarilar MDH davlatlari elchixonalariga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan – FXX
Bundan tashqari, Belarus yetakchisining fikriga ko‘ra, jangarilar Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga ham tahdid solmoqda.
"O‘ylaymanki, ushbu masala ODKBda kun tartibidan joy oladi", — dedi u.

Lukashenko, shuningdek, Afg‘onistonda terrorchilarning erkin harakatlanishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qayd etdi.
"Siz yaqinda ushbu yig‘ilishda ishtirok etayotgan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ogohlantirayotgan xavf haqida gapirdingiz, Yaqin Sharqdan siqib chiqarilayotgan terrorchilar Afg‘onistonga qochib o‘tadi, dedingiz. Siz yaqinda o‘sha yerda kuchlar jamlanayotganini aytdingiz, ularning maqsadi esa barchaga ayon. Shu bois, urush yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, nega deganda, ahvol Suriyadagidan ham og‘irroq bo‘lishi mumkin", — deb ta’kidladi u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilar ekan.

Yangiliklar lentasi
0