TOShKENT, 19 dek — Sputnik. MDH davlatlari maxsus xizmatlari jangarilarning Hamdo‘stlik davlatlarining xorijdagi elchixonalariga hujum uyushtirishlarining oldini oldi, dedi Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov.
14 Dekabr 2017, 14:08
Bu urinishlarga qachon va qayerda barham berilganligi aniq aytilmadi.
Bir necha kun ilgari FXX xodimlari Peterburgda maxsus operatsiya chog‘ida Qozon soborida terakt uyushtirishga tayyorlangan IDning yetti a’zosini hibsga olgandi.
Ular 16-dekabr kuni hudkush terrorchi yordamida terrorchilik xurujini amalga oshirishni rejalashtirishgan. Bundan tashqari, ular odamlar gavjum joylarda portlashlar uyushtirmoqchi bo‘lishgan.