Toshkentda avtobus haydovchisiga qilingan hujum sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi

Obuna bo‘lish
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, avtobusga ikki nafar noma’lum shaxs chiqib, uning oyoq qismiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan va avtobus g‘aznasida yig‘ilgan 800 ming so‘m pulni olib ketishgan

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Toshkentda g‘aroyib jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

O‘zbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik fuqaro qarzni qaytarmaslik maqsadida soxta talonchilik uyushtirdi

63-yo‘nalishdagi avtobusda xaydovchi bo‘lib ishlaydigan Bobir Zoirovning aytishicha, 28-dekabr kuni soat taxminan 21:30larda "Botanika bog‘i" bekatiga yetib kelgan vaqtida avtobusga ikki nafar noma’lum shaxs chiqib, uning o‘ng oyoq qismiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan va avtobus g‘aznasida yig‘ilgan 800 ming so‘m pulni olib ketishgan.

Zoirov 4-sonli shahar klinik shifoxonasiga "o‘ng oyoq son qismida sanchilgan-kesilgan jarohati" tashxisi bilan murojaat qilgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlarining sa’y-harakatlari va yuksak kasb mahorati natijasida ushbu hodisa aslida boshqa ko‘rinishda sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi.

"B. Zoirov g‘arazli, past niyatda ko‘chada bo‘lgan katta miqdordagi qarzini to‘lash maqsadida, o‘zi boshqarib kelgan avtobusning faoliyatidan tushgan pullarni egallab olishni rejalashtirib, ushbu bosqinchilik jinoyatini tanishi Botir Jabborov bilan birgalikda sahnalashtirganligi va o‘z qilmishi ishonchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘ziga o‘zi pichoq bilan tan jarohati yetkazganligi aniqlangan", deb ma’lum qildi poytaxt IIBB.

Mazkur holat yuzasidan B Zoirov va B. Jabborovlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0