TOShKENT, 1-may — Sputnik. Toshkentlik Dilshod Aripov o‘z bo‘yindagi qarzlarni to‘lashdan qochish maqsadida ajoyib xiyla o‘ylab topdi. U soxta o‘g‘irlik sahnasini tashkillashtirib, o‘zini jabrdiyda qilib ko‘rsatdi, deb xabar qildi Podrobno.uz. muxbirga Toshkent shahar IIBB xodimi.
Aripovning bo‘ynidagi qarz aynan 86 million bo‘lgan.
Tezkor tadbir natijasida militsiya tomonidan soxta o‘g‘irlik sodir etgan 3 nafar shaxs qo‘lga olingan. "Ular sodir etilmagan jinoyatga katta kuch va vositalar tashlashga majbur qilishdi. Xodimlarimiz ushbu ishni hal qilish uchun 5 kun sarflashdi",- deb ta’kidladi poytaxt militsiyasi xodimi.
Aripovning aybi sudda tasdiqlansa, u Jinoyat kodeksining jinoyat haqida yolg‘on xabar berish moddasi bo‘yicha 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bundan tashqari, Aripov yolg‘on guvohlik berish haqidagi modda bo‘yicha ham aybdor deb topilishi mumkin. Ushbu jinoyati uchun u 3 yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.