Lixachev: AES O‘zbekistonni yangi ish o‘rinlari va energiya xavfsizligi bilan ta’minlaydi

© SputnikGeneralniy direktor goskorporatsii "Rosatom" Aleksey Lixachev
Generalniy direktor goskorporatsii Rosatom Aleksey Lixachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lixachevning aytishicha, quvvati 2,5 GVtni tashkil etuvchi ushbu energiya obyekti qurilishi mamlakatning ichki energiya ta’minotidagi muammolarni hal etibgina qolmay, xorijga ham elektrni eksport qilish imkoniyatini beradi

TOShKENT, 29 dek – Sputnik. "Rosatom" korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi qanday imkoniyatlar berishi haqida aytib o‘tdi.

Beloyarskaya AES v Sverdlovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Lixachev: Rossiya O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurishni taklif etdi

"Albatta, atom sohasida hamkorlik qilish bu mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi mustahkam ishonch belgisidir. Mening fikrimcha, mazkur loyiha O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, bu energetika majmuasining diversifikatsiya qilinishidir. Bu esa energetik xavfsizlik uchun yangi imkoniyat va darajalar yaratilishi demakdir", dedi u.

Lixachevning aytishicha, ushbu obyekt qurilishi davrida 6 minggacha kishi ish bilan ta’minlanadi va stansiya ishga tushganidan so‘ng 2 mingga yaqin kishi yuqori haq to‘lanuvchi ish joyiga ega bo‘ladi.

"Mamlakatda bunday zamonaviy obyektning bunyod etilishi O‘zbekistonning, o‘zbek ilmiy doiralarining mintaqadagi obro‘sini oshiradi. Quvvati 2,5 GVtni tashkil etuvchi ushbu energiya obyekti qurilishi mamlakatning ichki energiya ta’minotidagi muammolarni hal etibgina qolmay, xorijga ham elektrni eksport qilish imkoniyatini beradi. Biz mazkur elektr stansiyasini nafaqat O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiyaviy munosabatlar natijasi, balki O‘zbekiston iqtisodiyotini yuksaltiruvchi omil ham deb baholaymiz", — dedi "Rosatom" rahbari.

Yangiliklar lentasi
0