Shavkat Mirziyoyev - yil odami

© VYACHESLAV OSELEDKO / AFPPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yil odami sifatida e’tirof etilgan

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev s suprugoy vstrechayet prezidenta Kirgizstana Almazbeka Atambayeva v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-2017: dunyo hamjamiyati e’tiborida bo‘lgan Mirziyoyev
So‘rovda mamlakatning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning mutlaq aksariyati (90,5 %i) uchun 2017-yil farovonlik yili, o‘zi va oilasi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yil sifatida esda qoladi.

Yangi yilni O‘zbekiston aholisi yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83%i o‘zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so‘rov natijalarida.

Respondentlarning 80 %dan ortig‘i kirib kelayotgan 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirgan

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yil odami sifatida e’tirof etilgan.

Yangiliklar lentasi
0