TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Namangan shahridagi "Agrokimohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyati soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzi yillar davomida to‘planib, naqd 10 milliard 500 million so‘mga yetgan, deb xabar qildi Davlat Soliq qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Korxonaga tegishli "Jentra" avtomashinasi xatlovga olingan boshqa mol-mulklarning oldida hech narsa bo‘lmay qoldi.
Jamiyat tasarrufida bo‘lgan 23 turdagi 1 milliard 986 million so‘mlik, Mingbuloq tumanidagi 100 turdagi 1 milliard 763 million so‘mlik, Namangan tumanidagi 58 turdagi 874 million so‘mlik, Norin tumanidagi 31 turdagi 901 million so‘mlik, Pop tumanidagi 55 turdagi 1 milliard 103 million so‘mlik, Uychi tumanidagi 43 turdagi 772 million so‘mlik, jami 8 milliard 347 million so‘mlik mol-mulk, jamiyat hududida joylashgan qurilishi tugallanmagan mehmonxona binosi hamda basketbol maydonchasi ham xatlovga olindi.
Xatlovga olingan mol-mulk O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosining onlayn auksion savdosi orqali sotilib, sotuvdan tushgan mablag‘ davlat budjetiga kirim qilinadi.