General-leytenant Parpiyev iste’fo so‘rab, prezidentga ariza yozdi - OAV

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat soliq qo‘mitasining rahbari iste’fo berishga qaror qilgani to‘g‘risidagi xabar ushbu muassasada "yoppasiga kadrlar tozalashi" boshlanishi haqidagi yangiliklardan keyin paydo bo‘ldi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi Botir Parpiyev prezident Shavkat Mirziyoyevga iste’fo so‘rab ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda chet el OAVlari xabar tarqatmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, general-leytenant Botir Parpiyev iste’fo to‘g‘risidagi arizani ikki oy avval taqdim etgan.

Kreslo rukovoditelya - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligida bo‘shab qolgan ish o‘rinlariga Yoshlar ittifoqi nomzod qidirmoqda
Ma’lum qilinishicha, u o‘z qarorini sog‘lig‘i yomonlashgani bilan izohlagan.

"So‘nggi vaqtlarda u oyog‘idagi og‘riqlardan shikoyat qilardi. Ammo prezident uning arizasini qabul qilmagan va hozircha ishlasin, deb aytgan", — deyiladi xabarda.

Davlat soliq qo‘mitasining rahbari iste’fo berishga qaror qilgani to‘g‘risidagi xabar ushbu muassasada "yoppasiga kadrlar tozalashi" boshlanishi haqidagi yangiliklardan keyin paydo bo‘ldi.

Joriy yil 12-iyul sanasida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi davomida prezident Mirziyoyev soliq qo‘mitasi xodimlarini tadbirkorlar ishiga asossiz va noqonuniy ravishda aralashayotgani tufayli keskin tanqid qilgan edi. O‘shanda O‘zbekiston rahbari soliqchilarni yaqin orada mamlakat soliq tizimida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishidan ogohlantirgan.

Parpiyev ushbu muassasani 2004-yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0