O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishOtrabotannoe yadernoe toplivo
Otrabotannoe yadernoe toplivo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish sohasida ikki tomonlama o‘zaro aloqalar uchun huquqiy asos yaratadi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohadagi hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi.

Hujjatni O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov, Rossiya tomonidan "Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachev imzoladi.

Emblema Rosatoma, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentga “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori keladi

Bitim O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish sohasida ikki tomonlama o‘zaro aloqalar uchun huquqiy asos yaratadi.

O‘zbekiston atom energetikasi uchun milliy infratuzilmani yaratish va takomillashtirish hamda kadrlarni tayyorlash, mamlakatda AES va tadqiqot reaktorlarini qurish, shuningdek ularni butun davriyligi davomida qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston mineral-xomashyo bazasini o‘rganish bilan uran konlarini qidirish va o‘zlashtirish, uran moddasini saqlash bo‘yicha maxsus joylarni asl holatiga qaytarish kabilar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari hisoblanadi.

Bitim aniq loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun qo‘shma ishchi guruhlarni tashkil etish hamda ekspertlar bilan almashish, seminarlarni tashkillashtirishni ham ko‘zda tutadi.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning 2017-yil 2-noyabrda O‘zbekistonga tashrifi doirasida "Rosatom" davlat korporatsiyasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasida hamkorlik qilish haqidagi memorandum imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0