Toshkentga “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori keladi

© AFP 2023 / ERIC PIERMONTEmblema Rosatoma, arxivnoe foto
Emblema Rosatoma, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rosatom" davlat korporatsiyasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasida hamkorlik qilish haqidagi memorandum imzolangandi

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. 2017-yilning 29-dekabr kuni Atom energiyasi bo‘yicha “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.

Dva texnika smotrat na turbinu gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
Rosatom O‘zbekistonga mini-GESlar yetkazib berish imkoniyatini o‘rganmoqda

Xabarda aytilishicha, Rossiya delegatsiyasi Toshkent shahrida avvalgi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz,Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi doirasida "Rosatom" davlat korporatsiyasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasida hamkorlik qilish haqidagi memorandum imzolangandi.

Shuningdek, "Atomenergomash" kompaniyasining (Rosatom tarkibiga kiradi) xalqaro faoliyat bo‘yicha direktori Roman Murashov “Rosatom” O‘zbekistonga mini-GESlar yetkazib berish imkoniyatlarini ishlab chiqayotganligini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0