O‘zbekistonda odam a’zolarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida qonun ishlab chiqilmoqda

© minzdrav.uzTransplantologiya v Uzbekistane
Transplantologiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda "Taraqqiyot strategiyasi" markazida O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida aytib o‘tildi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. "Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonun ishlab chiqilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Bu haqda "Taraqqiyot strategiyasi" markazida O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan o‘tkazilgan "Fuqarolar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish — oilalar mustahkamligi va jamiyat salomatligi garovi" mavzuyidagi davra suhbatida aytib o‘tilgan.

Transplantologiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda organlar transplantatsiyasi uchun asos yaratildi
"O‘zbekiston prezidenti parlamentga Murojaatnomasida inson salomatligini muhofaza qilish borasida joylarda ko‘plab muammolar hamon saqlanib qolayotgani ta’kidlandi. Ana shularni hisobga olib, hududlar aholisi uchun qulay bo‘lgan, sifatli va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirishga doir innovatsion yondashuvlar ilgari surildi. Qonunchilik palatasi o‘z ish faoliyatida asosiy e’tiborni tizimdagi muhim muammolarni joylarda hal etishga qaratishi maqsadga muvofiq ekanligi belgilandi.

"Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida"gi, "Aholining reproduktiv salomatligi to‘g‘risida"gi qonun loyihalarini ishlab chiqish, aholi orasida muhokama qilish hamda qabul qilinishiga erishish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0