Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari huquqlari himoyalanadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishDokumenti migranta ojidayushego polucheniya razresheniya na rabotu
Dokumenti migranta ojidayushego polucheniya razresheniya na rabotu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident O‘zbekiston fuqarolari huquqlari mamlakat tashqarisida ham himoyalanishini aytdi

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, mamlakat tashqarisida ham o‘z fuqarolarining huquqiy himoyasini kafolatlashi haqidagi konstitutsiyaviy qoidaning ijrosini so‘zsiz ta’minlashimiz shart, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda.

Situatsiya posle viborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Davlat hokimiyatida shiorlar almashmoqda
"Afsuski, shu vaqtga qadar chet ellarda mehnat qilayotgan fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish masalasiga yetarlicha e’tibor berilmadi, desak, bu ham adolatdan bo‘ladi. Bugungi kunda yurtdoshlarimiz chet elda faqat qora mehnat bilan emas, ilm-fan, bank-moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiya sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ana shu holatni inobatga olib, xorijda qonuniy asosda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan fuqarolarimizga bo‘lgan munosabat bugungi kunda tubdan o‘zgarib borayotganini ta’kidlash zarur. O‘zbekiston hukumati bundan buyon o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, har tomonlama himoya qiladi", — deb ta’kidladi O‘zbekiston rahbari.

Bu ishlarni amalga oshirish yo‘lida birinchi qadamlar boshlangani, Rossiya bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishilgani, O‘zbekistondan maxsus delegatsiyalar borib, xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazgani qayd etildi.

"Ularning mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, haq-huquqlarini ta’minlash bo‘yicha mahalliy boshqaruv idoralari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda", qo‘shimcha qildi prezident.

Mirziyoyev chet ellardagi o‘zbekistonliklarga konsullik xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, ularning O‘zbekistonga bemalol kelib-ketishlari, O‘zbekiston rivojiga o‘z hissasini qo‘shishlari uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini va bu ishlar kelgusida yanada kengaytirilishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0