O‘zbekiston va Ukraina yong‘oq yetishtirish uyushmalari hamkorlik qilishga kelishib oldilar

© Sputnik / StringerOchishennie mindalnie orexi
Ochishennie mindalnie orexi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, 2018-yilda Toshkentda yong‘oqchilikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma konferensiya o‘tkazishga kelishildi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Kiyevda bo‘lib o‘tgan konferensiyada O‘zbekiston va Ukraina yong‘oq ishlab chiqaruvchi uyushmalari hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolashdi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.

O‘zbekiston mahsulotlari Latviya markaziy bozori orqali Yevropani zabt etadi

Ukraina poytaxtida o‘tkazilgan anjumanda yong‘oq yetishtirish bog‘lar maydonlarini rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalariga o‘tish, yong‘oq va funduk yetish bo‘yicha amaliy masalalar batafsil muhokama qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan kelgan ishtirokchilar tadbirda pista va bodomlarini mehmonlarga ko‘rsatishdi.

Shu bilan birga, 2018-yilda Toshkentda yong‘oqchilikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma konferensiya o‘tkazishga kelishildi. Konferensiyada mahsulotni qayta ishlash uchun keng ko‘lamli innovatsion uskunalar, hosil olish uchun zamonaviy texnologiyalar va o‘simliklarning yangi navlari taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0